Instagram sotuvchilari
Izohda narx yozib, DM'da kelishishdan charchadingizmi? Linkni profilga qo'ying β mijoz o'zi tanlab, o'zi buyurtma beradi.
- Kun bo'yi bir xil savolga javob berish tugaydi
- Buyurtma tarixi saqlanadi
- Kim nima olganini bilasiz
Bitta universal konstruktor emas. Kiyim do'koni, restoran, kosmetika, elektronika, xizmatlar β har biri uchun alohida bot: o'z dizayni, o'z maydonlari, o'z buyurtma jarayoni.
Mahsulotni bir marta qo'shasiz β uchalasida ham paydo bo'ladi.
Xaridor botga kiradi, katalogni ko'radi, buyurtma beradi. Ilova yuklamaydi.
Bot ichida to'liq ilova: rasmlar, savat, saralangan, qidiruv.
Telegramsiz ham ochiladi. Instagram bio, vizitka yoki Google uchun.
Namunani ochish βBot kimga foyda keltirishini aniq aytamiz β hammaga emas.
Izohda narx yozib, DM'da kelishishdan charchadingizmi? Linkni profilga qo'ying β mijoz o'zi tanlab, o'zi buyurtma beradi.
Menyuni rasmga olib tashlash o'rniga β bosiladigan menyu. Narx o'zgarsa bir joyda o'zgartirasiz.
Sayt qurish qimmat va uzoq. Bot 2 daqiqada ishga tushadi, xaridor hech narsa yuklamaydi.
Sartaroshxona, ustaxona, kurslar β xizmatlar ro'yxati va narxlar bir joyda.
Har birining o'z rangi, o'z ko'rinishi va o'z maydonlari bor. Ochib ko'ring β hammasi ishlaydi.
O'lcham, rang, kolleksiya. Instagram sotuvchilari uchun.
Menyu, yetkazib berish, tayyorlanish vaqti.
Ombor qoldig'i va o'lchov birliklari bilan.
Brend, hajm va tavsif bilan nafis katalog.
Kafolat, xarakteristika va taqqoslash.
Navbatga yozilish va xizmat narxlari.
Ikkalasi ham to'liq ishlaydi. Farqi β xaridor katalogni qanday ko'rishida.
Botning ichida to'liq ilova ochiladi: katta rasmlar, savat, saralangan, qidiruv. Uzum yoki Wildberries kabi.
Hammasi chat ichida, tugmalar orqali. Sekin internetda ham tez ishlaydi, arzonroq turadi.
Qo'shimcha dastur, qo'shimcha to'lov va qo'shimcha o'rganish yo'q.
Xaridor ilova yuklamaydi. Linkni bosadi β katalog ochiladi.
Kiyim do'koni moda katalogiga, restoran menyuga o'xshaydi.
BotFather'da bot yaratasiz, biz ulaymiz. Link o'z nomingizda.
Mahsulot, buyurtma, mijozlar va hisobot β kompyuterda.
Kunlik tushum, o'rtacha chek, qaysi soatda ko'p buyurtma.
Kim ko'p oladi, kim uzoqlashdi β guruhlarga ajratilgan.
Telegramga xabar: ism, telefon, mahsulotlar, summa.
O'zbek, rus va ingliz. Xaridor o'zi tanlaydi.
Katalog tepasida aksiya va yangi kolleksiya banneri.
Eski narx chizilgan holda, "2 ta qoldi" ogohlantirishi.
Xaridor tez topadi va yoqqanini saqlab qo'yadi.
Onlayn to'lov ustida ishlayapmiz.
Telegramda botimizni ochasiz va tayyor namunalarni ichidan ko'rasiz.
Sohangizni va ko'rinishini tanlaysiz β Mini App yoki oddiy bot.
Oylik to'lov. Xohlagan paytda to'xtatasiz.
BotFather'da bot yaratib, kalitni tashlaysiz. Tamom β sotishni boshlaysiz.
Savdongizdan foiz olmaymiz. Xohlagan paytda to'xtatasiz.
Onlayn to'lov (Payme, Click, Uzum) ustida ishlayapmiz. Hozircha to'lovni biz bilan to'g'ridan-to'g'ri rasmiylashtirasiz.
O'zbekistonda savdoning katta qismi Telegram va Instagramda. Lekin sotuvchilar hali ham qo'lda ishlaydi: rasm tashlaydi, izohda narx yozadi, DM'da kelishadi, buyurtmani daftarga yozadi.
Bozorda konstruktorlar bor β lekin hammasi bitta universal bot beradi. Restoranga ham, kiyim do'koniga ham bir xil. Natijada restoran menyusiz, kiyim do'koni o'lchamsiz qoladi.
Biz boshqacha yo'l tanladik: har bir soha uchun alohida bot. Dizayni ham, maydonlari ham, buyurtma jarayoni ham o'sha sohaga moslangan.
Tovar pulini to'g'ridan-to'g'ri siz olasiz. Biz savdongizga aralashmaymiz β faqat botning oylik to'lovini olamiz.
Botlarni ko'rishYo'q. Hamma narsa tugmalar orqali: botda yoki kompyuterdagi panelda. O'rtacha 15 daqiqada birinchi mahsulotni qo'yasiz.
Sizning nomingizda. BotFather'da o'zingiz yaratasiz, biz faqat ulaymiz. Bizning nomimiz hech qayerda ko'rinmaydi.
To'g'ridan-to'g'ri siz. Biz savdongizdan foiz olmaymiz β faqat botning oylik to'lovi.
Do'kon yopiladi, lekin mahsulotlaringiz saqlanib qoladi. To'lovni tiklasangiz hammasi joyida turadi.
Chunki restoranga menyu va tayyorlanish vaqti kerak, kiyim do'koniga o'lcham va rang. Bitta botga hammasini tiqib qo'yish β hech kimga qulay bo'lmaydi.
Mini App β bot ichida ochiladigan to'liq ilova: katta rasmlar, savat, qidiruv. Oddiy bot β hammasi chatda, tugmalar orqali. Sekin internetda tezroq ishlaydi va arzonroq.
Namunalar ochiq β ichida haqiqiy mahsulotlar, savat va buyurtma ishlaydi.
Telegramda ochish